Ovozli intizom murabbiyi

Vaqti kelganda murabbiyingiz qo'ng'iroq qiladi

Odat va rejalaringizni kiriting. Belgilangan soatda telefon jiringlaydi, AI murabbiy siz bilan bir-ikki daqiqa gaplashadi va natijani o'zi yozib qo'yadi.

Android 8.0+O'zbek, rus va ingliz tillarida
Bir tong misolida

Eslatmani surib qo'yish oson. Qo'ng'iroqqa javob berasiz.

Tartibify bildirishnoma yubormaydi, qo'ng'iroq qiladi. Butun jarayon ikki daqiqadan kam vaqt oladi.

  1. 06:30

    Vazifa kiritasiz

    Masalan: «Kitob o'qish, ish kunlari, 07:00». Odatlar tanlangan kunlarda takrorlanadi, rejalar bitta sanaga qo'yiladi.

  2. 07:00

    Telefon jiringlaydi

    Xuddi kiruvchi qo'ng'iroq kabi, to'liq ekranda. Olmasangiz, murabbiy 3 va 6 daqiqadan keyin yana qo'ng'iroq qiladi.

    07:001-urinish
    07:032-urinish
    07:063-urinish
    Javobsizkun belgilanadi
  3. 07:01

    Qisqa suhbat

    Murabbiy ismingiz bilan murojaat qiladi va so'raydi: hozir bajarasizmi, bugun keyinroqqa surasizmi yoki o'tkazib yuborasizmi. Suhbat ko'pi bilan 2 daqiqa.

  4. 07:02

    Natija o'zi yoziladi

    Bajarildi, ko'chirildi yoki o'tkazildi. Streak va statistika yangilanadi, keyinroqqa surilsa telefon yangi vaqtda yana jiringlaydi.

Imkoniyatlar

Intizom uchun kerakli hamma narsa, ortiqchasiz

Murabbiy ohangi

Sizga qaysi uslub ko'proq yordam bersa, shuni tanlang. Bosib ko'ring:

«Salom, Doston! Soat 7:00, kitob o'qish vaqti. Hozir boshlaysizmi yoki biroz keyinroqmi?»

Streak va statistika

Har bir odat uchun ketma-ket kunlar, eng uzun streak va bajarilish foizi. Dam olish kunlari streakni uzmaydi.

5joriy streak
12eng uzun
80%bajarilgan

Kechki rejalashtirish

Har kuni kechqurun murabbiy kunni sarhisob qiladi va ertangi rejalarni kiritishni so'raydi.

21:00vaqtini o'zingiz tanlaysiz

Sizni eslab qoladi

Murabbiy so'nggi suhbatlarni yodda tutadi va gapni shunga qarab boshlaydi.

Kecha charchaganingizni aytgandingiz. Bugun qisqaroq, 5 bet qilamizmi?

Uch tilda

Murabbiy siz tanlagan tilda gapiradi va tushunadi.

O'zbekchaРусскийEnglish

Odatlar va kunlik rejalar

Har kuni yoki haftaning ma'lum kunlari takrorlanadigan odatlar va bir martalik ishlar. Odatni vaqtincha to'xtatib, keyin davom ettirish mumkin.

Internet bo'lmasa ham jiringlaydi

Budilniklar telefonning o'zida qo'yiladi, ilova yopiq bo'lsa ham ishlaydi. Qo'ng'iroqsiz belgilash uchun «Bajardim» tugmasi bor.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Qo'ng'iroqni olmasam nima bo'ladi?

Murabbiy 3 va 6 daqiqadan keyin yana qo'ng'iroq qiladi. Uchala urinish ham javobsiz qolsa, o'sha kun «javobsiz» deb belgilanadi.

Internet kerakmi?

Jiringlash uchun kerak emas: budilnik telefonda qo'yilgan. Murabbiy bilan suhbat uchun internet kerak.

Suhbat qancha davom etadi?

Odatda 20–60 soniya, ko'pi bilan 2 daqiqa. Murabbiy natijani yozgach o'zi xayrlashadi.

Qo'ng'iroqlarni o'chirib qo'ysa bo'ladimi?

Ha. Sozlamalarda barcha qo'ng'iroqlarni bitta tugma bilan o'chirish, kechki qo'ng'iroqni alohida o'chirish yoki bitta odatni to'xtatib turish mumkin.

iPhone uchun bormi?

Hozircha Tartibify faqat Android uchun (8.0 va undan yuqori).

Boshqa mamlakatga borsam-chi?

Ilova vaqt mintaqasi o'zgarganini sezadi va qo'ng'iroqlarni yangi mahalliy vaqtga moslaydi.

Ertangi tong uchun birinchi odatingizni qo'shing

O'rnatish bir daqiqa oladi. Qolganini murabbiy eslab turadi.

Yuklab olishGoogle Play